7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan sport musobaqalari

2025-yil 7-aprel kuni Akademik litseyda “Butunjahon salomatlik kuni” munosabati bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida o‘qituvchi va o‘quvchi yoshlar ishtirokida sport sog‘lomlashtirish musobaqalari tashkil etildi.

Tadbir davomida harakatli o‘yinlar, sport estafetalari va jamoaviy bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli o‘yinlar va faol ishtirokchilar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi hamda sog‘lom hayot tarzining muhimligini yana bir bor yodga soldi.

Mazkur tadbir sog‘lom hayotga bo‘lgan intilishni kuchaytirish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.