Akademik litsey o‘quvchi-yoshlari va Soy bo‘yi MFY yoshlari uchun ta’til davrini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida, shuningdek, “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida bugun, 2025-yil 18-iyun kuni amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Akademik litseyning fizika fani o‘qituvchisi G. Xakimova tomonidan o‘quvchilar uchun “Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash” mavzusida amaliy dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ushbu mashg‘ulot davomida o‘quvchilar fizik hodisalarni tajriba asosida o‘rganish, o‘lchash va hisoblash ishlarini bajarish, ilmiy kuzatuv va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar. Shuningdek, dars interaktiv shaklda o‘tib, ishtirokchilar o‘zlari mustaqil tajribalar o‘tkazdilar va natijalarni tahlil qildilar.
Mazkur tadbir o‘quvchilarning tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, amaliy bilimlarini mustahkamlash va yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.