2025-yil 3-iyun kuni Farg‘ona viloyati Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning bosh mutaxassisi I. Mirzaaxmedov ishtirokida Farg‘ona davlat texnika universiteti huzuridagi 2-son akademik litseyda “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda litseyning o‘qituvchi-pedagog xodimlari hamda texnik xodimlari ishtirok etdilar.
Davra suhbatining asosiy maqsadi — turli buzg‘unchi g‘oyalarning oldini olish, xodimlar orasida diniy savodxonlikni oshirish, yoshlar ongida maʼrifatli yondashuvni shakllantirishdan iborat bo‘ldi. I. Mirzaaxmedov o‘z chiqishida jaholatga qarshi kurashishda bilim va maʼrifatning hal qiluvchi o‘rni haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilayotgan noto‘g‘ri diniy qarashlarga qarshi ogohlik bilan yondashish zarurligi taʼkidlandi.
Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar va savol-javoblar asosida davra suhbati faol ruhda o‘tdi.