O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yilda qabul qilingan bo‘lib, u mamlakatimizda qonun ustuvorligi, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning asosiy kafolatidir. Har bir fuqaroning huquqiy manfaatlarini himoya qiluvchi bu muhim hujjat xalqimiz uchun erkinlik va taraqqiyot yo‘lida mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni 32 yillik yubiley bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Davlatimiz ravnaqi va kelajagi yo‘lida har bir fuqaro Konstitutsiyamizga sodiq bo‘lib, o‘z hissasini qo‘shishda davom etsin. Bayramingiz muborak bo‘lsin!