Bugun Quvasoy shahrida joylashgan “O’zbekiston- avtoyo’l” ikki tomonlama oʻtkazish punktida TATU Fargʻona filiali Akademik litseyi oʻquvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri oʻtkazildi.

Bugun Quvasoy shahrida joylashgan “O’zbekiston- avtoyo’l” ikki tomonlama oʻtkazish punktida, TATU Fargʻona filiali Akademik litseyi oʻqituvchilari ishtirokida, yoshlarni vatanparvarlik, ona Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ongiga milliy gʻurur, xalollik va fidokorlik tuygʻusini singdirish maqsadida “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri oʻtkazildi. Ushbu tadbirda ishtirok etgan oʻquvchilar chegarachi va bojxona hodimlarining oʻtkazish punktidagi hizmat faoliyati va ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar, hamda oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.