“Giyohvandlikka qarshi kurashish” oyligi munosabati bilan, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida 25-fevral kuni Farg‘ona shahridagi akademik litseylar o‘quvchilari va o‘qituvchilari o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi. Ushbu sport tadbiri ishtirokchilarga jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom hayot tarzini shakllantirishga ko‘mak berdi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, o‘qituvchilar o‘rtasida akademik litsey jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi, o‘quvchilar jamoasi esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Ushbu tadbir nafaqat sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, balki yoshlarni zararli odatlardan himoya qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.