Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali akademik litsey Yoshlar yetakchisi
Ashurova Sayyora Mavlonjon qizi
TATU Farg’ona filiali akademik litseyida Yoshlar yetakchisi faoliyati
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining TATU Farg`ona filiali akademik litseyi boshlang‘ich tashkiloti o‘z safiga 353 nafar o`quvchi-yoshlar va 30 yoshgacha bo`lgan pedagog hodimlar va texnik xodimlar birlashtirgan bo‘lib, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga binoan o`quvchi-yoshlarni ijtimoiy himoyalash, ularning taklif va istaklarini o‘rganish, mustaqil hayotdagi ilk qadamlarida ko‘maklashish, o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli, mazmunli tashkil etish hamda Yoshlar ittifoqi atrofida birlashtirish bilan birga, ularda komil inson fazilatlarini tarbiyalash, yoshlarning dunyoqarashini bunyodkor g‘oyalar bilan oziqlantirish, intellektual mulkka egalik tuyg‘usini shakllantirish, tashabbus va yangiliklarini qo‘llab-quvvatlash va o`quvchi-yoshlarni Yoshlar ittifoqi atrofida birlashtirishdan iborat.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining TATU Farg`ona filiali akademik litseyi boshlang‘ich tashkiloti qoshida tashkil etilgan “Ijodkor” to`garagi, “Zakovat”, “Munozara” klublari samarali faoliyat olib bormoqda.