“Yozgi sport o‘yinlari” doirasida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til davomida FarDTU 2-son akademik litsey o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazishga qaratilgan “Yozgi sport o‘yinlari” tadbirlar rejasiga asosan, joriy yilning 17-iyun 2025-yil kuni sport musobaqasi tashkil etildi.

Litsey matematika fani o‘qituvchisi Sh. Habibullayev rahbarligida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘z mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini namoyish etdilar, strategik o‘yinni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashdilar va sog‘lom raqobatda bellashdilar.

Mazkur sport musobaqasi o‘quvchilar orasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, aqliy salohiyatni rivojlantirish, shuningdek, yozgi ta’til davrida ularning bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazishga xizmat qildi.

🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆