15 YILLIK AN’ANA – “HAYOT JILG’ALARI” TADBIRI

Bugun litseyimizda “Hayot Jilg’alari 2025” tadbiri bo‘lib o‘tdi va bu yilgi tadbir, albatta, har doimgidan ham ajoyib bo‘ldi! Ushbu tadbir 15 yildan beri nishonlanib kelinadi va har yili yangi lahzalar, ta’sirlar va ilhomlantiruvchi voqealar bilan boyib bormoqda.

Tadbir davomida:
●Ijodkor o‘quvchilarimiz sahnada o‘z mahoratlarini namoyish etishdi🎤
● Ilhomlantiruvchi chiqishlar va samimiy nutqlar🌷
●Yaxshi kayfiyat va iliq atmosfera✨
●Qizlar bellashuvi – har yili bo‘lib o‘tadigan qiziqarli va mahoratni sinovdan o‘tkazadigan musobaqa!⚡️
Bu yilgi tadbirda har bir daqiqa unutilmas bo‘ldi! Bellashuvlar qizg‘in va hayajonli kechdi, ishtirokchilar o‘zlarining eng yaxshi tomonlarini ko‘rsatishdi. Tadbirni tashkil etganlarga va barcha qatnashchilarga katta rahmat!