Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali akademik litseyida 2023 o‘quv yilida xotin –qizlar  kengashi  tasdiqlangan yillik ish rejasiga asosan o‘z faoliyatini  davom ettirmoqda. Xozirgi vaqtda akademik litsey xotin-qizlar kengashi quyidagi a’zolaridan tashkil topgan:

  1. Y.Yuldasheva – kengash raisi
  2. D.Sharofitdinova – kengash a’zosi
  3. D.Yuldasheva – kengash a’zosi
  4. H.Arzieva– kengash a’zosi
  5. M. Axronqulova – kengash a’zosi
  6. Z. Shermatova – kengash a’zosi
  7. G.Isroiljonova – kengash a’zosi
  8. Z.Rahmonova – kengash a’zosi
  9. Z.Bozorova – kengash a’zosi
  10.  F.Abdurasulova – kengash a’zosi

Kengash a’zolarining vazifalari taqsimoti

  1. D. Sharabiddinova – akademik litsey ayol pedagog va xodimlar o‘rtasidagi muxitini  doimiy  nazorat  qilish.
  2. M. Axronqulova –  yosh ustozolarga  murabbiylik qilish.
  3. Z. Shermatova – yordamga muxtoj ayollarga ijtimoiy, xuquqiy va moddiy yordam ko‘rsatish ishlari.
  4. D. Yuldasheva – Iqtidorli qizlar bilan ishlash.
  5. X. Arzieva – to‘garak ishlarini olib borish.
  6. F. Abdurasulova – ayol xodimlar o‘rtasidagi muxitni nazorat qilish.
  7. G.Isroiljonova – Qurbonova N,  Polvonova  B,  Djalolova D  – 1-bosqich   o‘quvchi  qizlar bilan har tomonlama ishlash.
  8.  Z. Raxmonova – Muminova G,  Yuldasheva N , Xakimova G –  2-bosqich o‘quvchi qizlar bilan har tomonlama ishlash.
  9.  Xolbekova S– “Qizlarjon” klubi raisi.
  10.  Bozorova Z – ayollar sporti to‘garagini yuritish.    

Kengash tomonidan 202-2021 o‘quv yili davomida bajariladigan ishlarning yillik ish rejasi tuzib tasdiqlandi va kengash a’zolari o‘z vazifalarini belgilab, o‘quv yili davomida faoliyat olib borishadi.

Litseyda jami 51 nafar ayollar mavjud bo‘lib, ulardan 21 nafari  pedagog ayollar va 30 nafarni  xodimlar tashkil etadi.

Ayni vaqtda TATU FF  akademik litseyida 12 ta gurux mavjud bo‘lib, jami  291  nafar  o‘quvchi ta’lim oladi.  Shulardan  164  nafari  o‘quvchi qizlar:

  1. bosqich qizlar 84 ta
  2. bosqich qizlar 80 ta

Jami: 164 ta

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali akademik litseyida  2020-2021  o‘quv yilida xotin –qizlar  kengashi  o‘z faoliyatini litseyda mavjud o‘quvchi qizlar shuningdek mehnat faoliyatini olib borayotgan xotin-qizlarning masalalari bo‘yicha doimiy faoliyat yurgizib borish chora-tadbiri asosida olib boradi.

2020-yil 20-oktabr kuni litsey faollar zalida litsey boshlang‘ich xotin qizlar kengashining kengaytirilgan 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda  kengashning barcha a’zolari  va 1-2- bosqich o‘quvchi qizlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalarda qizlarning darslarga qatnashish davomati, kiyinish madaniyati, shaxsiy gigenasi va ta’lim olishiga alohida e’tibor berildi. Bunday yig‘ilishlar o‘quv yili davomida muntazam olib boriladi.

Akademik litsey “O‘quvchilar turar joyi”ida boshlang‘ich xotin-qizlar kengashining umumiy yig‘ilishlari rkja asosida olib boriladi. Yig‘ilishlarda, davra suhbatlarida asosiy masalalar  qizlarning xona va atrofni ozoda saqlanishi, kiyinish madaniyati va odob-ahloq me’yorlariga amal qilish to‘g‘risida tushuntirishlar beriladi.

 Akademik litseyda “Qizlarjon” klubi  tashkillangan bo‘lib, ushbu klub rahbari sifatida Xolbekova Sayyora tasdiqlangan reja asosida faoliyat olib boradi. Klubda  guruxlardagi qizlar sardorlari bilan  o‘quvchi qizlarga oid turli mavzularda davra suhbatlari olib boriladi. Ular o‘z guruxlarida qizlar davrasida targ‘ibotchi sifatida mavzularni “Tengdosh-tengdoshga” tamoyilida yetkazib beradilar.

Har o‘quv yilida “Ibratli qizlar” to‘garagi o‘z faoliyatini boshlab, 1-bosqich   o‘quvchi-qizlarni qamrab oladi. Unda qizlarga mustaqil hayotlarida ibratli bo‘lish saboqlari, pishiriqlar tayyorlash va tikish usullari bo‘yicha “Ibratli bekam” o‘quv markazining mutaxassisi Arzieva Xayotxon tomonidan mashg‘ulotlarni hafta davomida dars mashg‘ulotlaridan so‘ng saboqlar beriladi.

2021-yil yanvar-fevral oylarida litsey o‘quvchi qizlari o‘rtasida repraduktiv salomatlik va erta turmushni oldini olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazildi. Reproduktiv salomatlik tamoyillari  haqida o‘quvchilarga  ma’lumotlar  berildi.

2021 – yilning 3-mart sanasida litseyning an’anaviy qizlar tadbiri “Hayot jilg‘alari” o‘tkazildi. Tadbirda akademik litsey 1-bosqich o‘quvchi qizlari ishtirok etishdi va hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan nominatsiyalar va sovg‘alar bilan  taqdirlandilar.

Xozirgi kungacha o‘quvchi qizlarimiz orasida jinoyatchilik, giyohvandlik, erta turmushga chiqish  va xomiladorlik xolatlari, shuningdek, doimiy dars qoldiruvchi o‘quvchi qizlar mavjud emas.

Boshlang‘ich xotin-qizlar kengashi a’zolari yillik ish rejadagi amalga oshirilmagan ishlarni ko‘rib chiqib, kelgusi o‘quv yilida, albatta,  amalga oshirish kerakligini o‘z oldilariga vazifa qilib olishdi.

Akademik  litsey  xotin-qizlar kengashi raisi :    Y. Yuldasheva