Bitiruvchilar uchun Fulbright ETA dasturi bo‘yicha foydali uchrashuv

📅 Bugun akademik litseyda Farg‘ona Davlat Universitetidan tashrif buyurgan Fulbright ETA (English Teaching Assistantship) dasturi bo‘yicha mutaxassis Ave Maria Kim ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 📚 Uchrashuv davomida Ave Maria Kim bitiruvchi o‘quvchilarga xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyatlari, xorijiy dasturlar, xususan Fulbright kabi xalqaro ta’lim loyihalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Read More

AKITA fakulteti targ‘ibot taqdimoti – IT sohasiga ilk qadam

📅 2025-yil 13-may kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi bitiruvchilari uchun muhim ma’naviy-ma’rifiy va kasbga yo‘naltiruvchi tadbir tashkil etildi. 👨‍💻 Tadbir davomida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida yangi tashkil etilgan, IT sohasiga ixtisoslashgan AKITA fakultetining targ‘ibot taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 🖥 Taqdimot davomida o‘quvchilarga AKITA fakultetining yo‘nalishlari, zamonaviy axborot texnologiyalariga oid fanlar, o‘quv jarayonining […]

Read More

Kitobxon o‘quvchi loyihasi doirasida adabiy targ‘ibot tadbiri

📅 2025-yil 12-may kuni akademik litseyda “Kitobxon o‘quvchi” loyihasi doirasida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Parpiyeva Hadiyja ustoz tashabbusi bilan navbatdagi adabiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. 📖 Tadbir davomida o‘quvchi yoshlarga atoqli yozuvchi Said Ahmadning “Ufq” romani tavsiya etilib, asarning mazmun-mohiyati, undagi ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar, obrazlar olami va milliy qadriyatlar aks etgan jihatlar haqida qiziqarli […]

Read More

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ustozlarga hurmat bajo keltirildi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan akademik litsey jamoasi tomonidan ezgu tashabbusga qo‘l urildi. 📍 Litseyda uzoq yillar davomida mehnat qilib, hozirda nafaqada bo‘lgan ustozlar holidan xabar olindi. Akademik litsey jamoasi ularning xonadonlariga tashrif buyurib, samimiy suhbatlar qurdi, ustozlik mehnatlari, fidoyiliklari va yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos xizmatlarini hurmat bilan yodga oldi. 🌸 Ushbu […]

Read More

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan davra suhbati va film namoyishi

📅 2025-yil 7-may kuni akademik litseyda o‘quvchi-yoshlar ishtirokida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 💬 Tadbir davomida davra suhbati tashkil etilib, Ikkinchi jahon urushi qahramonlari, ularning jasorati, mehnat faxriylarining fidoyiligi haqida samimiy fikrlar bildirildi. O‘quvchilar vatanparvarlik, tinchlik va qadriyatlarning bebaho ekanini chuqur angladilar. 🎬 Shuningdek, tadbir doirasida “101” nomli o‘zbek […]

Read More

Bahoriy shirinliklar yarmarkasi – yaxshilik va mehr uyg‘unligi

Bugun akademik litseyda Xorijiy tillar kafedrasi fan oyligi doirasida o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish va mehr-oqibat ruhini mustahkamlash maqsadida “Bahoriy shirinliklar yarmarkasi” tashkil etildi. 🍰 Yarmarkada o‘quvchilar o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan turli xil shirinliklarni sotuvga qo‘yib, mehmonlar va ustozlarga bahoriy kayfiyat ulashdilar. Tadbir davomida o‘quvchilar nafaqat pazandalik mahoratini namoyish etdilar, balki jamoaviy ishni, muloqotni va saxovatni […]

Read More

Milliy sertifikatga ega o`quvchilar soni ko`paymoqda

🎉 Tabriklaymiz!Bir qator o‘quvchilarimiz ingliz tili fanidan milliy sertifikatni muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdilar! Bu yutuq ularning tinimsiz mehnati, ota-onalarining qo‘llab-quvvatlovi va ustozlarining fidokorona sa’y-harakatlari samarasidir. 📚 Aziz o‘quvchilar! Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin! Kelajakdagi barcha imtihon va sinovlarda ham muvaffaqiyat tilaymiz. Siz bilan faxrlanamiz! 🙏 Ota-onalarga va ustozlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz!

Read More

Vodorod atomi uchun Bor nazariyasi mavzusida ochiq dars

📚 2025-yil 2-may kuni, akademik litseyda fizika fanidan navbatdagi ochiq dars bo‘lib o‘tdi. Darsni tajribali va faol ustozlardan biri – Isroiljon Usmonov olib bordi. Ustoz tomonidan “Vodorod atomi uchun Bor nazariyasi. Energetik sathlar va Bor nazariyasining kamchiliklari” mavzusida 1-23(2) guruhida chuqurlashtirilgan va interaktiv ochiq dars tashkil etildi. 🔬 Dars davomida Bor nazariyasining asosiy postulatlari, vodorod […]

Read More

Akademik litseyda 2024–2025 o‘quv yilining yakuniy “30 kunlik” test nazorati boshlandi

O‘quvchilar bilimini baholash, yil davomida egallangan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida 2024–2025 o‘quv yilining oxirgi “30 kunlik” test nazorati bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nazorat sinovlari barcha fanlar bo‘yicha o‘tkazilib, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlar chuqur tahlil qilinadi. Test jarayonlari belgilangan tartibda, nazorat ostida, shaffof va adolatli muhitda tashkil etilmoqda. Ushbu yakuniy sinovlar o‘quvchilarning umumiy tayyorgarlik darajasini baholash, […]

Read More

“Nature. Save the Environment. Review” — ochiq dars bo‘lib o‘tdi.

Akademik litseyda ingliz tili fani o‘qituvchisi Nigora Muydinova tomonidan 8-24 guruhida “Nature. Save the Environment. Review” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarga atrof-muhitni asrash, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, ekologik muammolar va ularning yechimlari haqida ingliz tilida fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratildi. Mashg‘ulot davomida interaktiv usullar, guruhli ishlash, savol-javoblar va ingliz tilidagi […]

Read More