Yangi 2025 yil muborak bo‘lsin!

Hurmatli o‘quvchilar, ustozlar va aziz ota-onalar! Yangi 2025 yilning ilk daqiqalarida barchangizni samimiy tabriklaymiz! Bu yil akademik litseyimiz uchun yangi imkoniyatlar va yutuqlar davri bo‘lishiga ishonamiz. 2024-yil davomida barchangizning fidokorona mehnatingiz va intilishingiz sababli katta muvaffaqiyatlarga erishdik. Bu esa bizga kelajakda ham yuqori marralarni zabt etishga ishonch beradi. 2025 yil ham litseyimiz hayotida ijobiy o‘zgarishlar, […]

Read More

Texnik xodimlar yangi yil sovg‘alari bilan taqdirlandilar

Akademik litseyning barcha texnik xodimlari Yangi yil bayrami munosabati bilan litsey rahbari tomonidan maxsus sovg‘alar bilan rag‘batlantirildilar. Ushbu e’tibor va e’tirof ularning mashaqqatli mehnatini qadrlash va yuksak baholash ifodasi bo‘ldi. Tadbir davomida litsey rahbari texnik xodimlarning kundalik faoliyatda muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, ularning samarali ishlari natijasida ta’lim jarayoni uzluksiz davom etayotganini alohida qayd etdi. Mazkur […]

Read More

Akademik litsey o‘quvchilarining milliy sertifikatdagi yutuqlari

Akademik litseyning aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan bir qator iqtidorli o‘quvchilarimiz fizika va matematika fanlaridan milliy sertifikatni muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdilar! Ushbu yutuq ularning tinimsiz mehnati, bilimga bo‘lgan intilishi va ustozlarning puxta ta’lim berish usullarining yorqin natijasidir. Aziz o‘quvchilar, bu sizlarning birinchi yirik qadamlaringiz! Kelgusida ham katta marralarni zabt etishingizga ishonamiz. Sizlarni qo‘llab-quvvatlagan ustozlaringizga va […]

Read More

Akademik litsey ustozlari pedagogik kengashda rag‘batlantirildi

Akademik litseyning navbatdagi pedagogik kengashi davomida faoliyatda alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir qator ustozlar rag‘batlantirildi. Kengashda ustozlarning mehnatlari, ta’lim sifati va o‘quvchilarga berilgan bilimlarning samaradorligi muhokama qilindi. O‘quv jarayonini yuqori saviyada tashkil etgani hamda akademik yutuqlarni oshirishga qo‘shgan hissasi uchun bir nechta pedagoglar maxsus tashakkurnomalar va mukofotlar bilan taqdirlandilar. Ushbu tadbir ta’lim sifati va pedagogik mahoratni […]

Read More

Yangi yil karnavali – bayramona shodlik

2024-yil 24-dekabr kuni akademik litseyimizda o‘quvchi yoshlar uchun bayramona muhit yaratilib, Yangi yil karnavali bo‘lib o‘tdi. 🎄 Tadbir davomida o‘quvchilar ajoyib chiqishlar, qiziqarli o‘yinlar va bayramona dasturlar orqali o‘z iqtidorlarini namoyish etdilar. Karnaval nafaqat yoshlar, balki barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas xotiralarni ulashdi. Qadrli o‘quvchilar, Yangi yil barchangiz uchun muvaffaqiyat va baxt keltirsin! Sizlarning […]

Read More

“Akademik litsey iftixori” stipendiyasi sovrindorlari taqdirlandi

Bugun, 2024-yil 24-dekabr kuni akademik litseyimizda eng bilimli, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida “Akademik litsey iftixori” stipendiyasi bilan mukofotlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu stipendiya taʼsis etilishi Prezidentimizning 49/10-sonli qarori ijrosini taʼminlash yo‘lidagi muhim qadamdir. Tadbir davomida mukofotlangan o‘quvchilarimiz o‘zlarining aʼlo darajadagi bilimlari, tashabbuskorligi va g‘ayrat-shijoatlari bilan litseyimizning faxriga aylanganliklarini yana bir bor isbotladilar. Qadrli […]

Read More

Jaholatga qarshi maʼrifat – maʼrifiy davra suhbati

Bugun, 2024-yil 24-dekabr kuni Farg‘ona viloyati Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi I. Mirzaaxmedov va Farg‘ona shahar XTB Maʼnaviy va maʼrifiy ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i B. Teshaboyevlar ishtirokida akademik litseyimizda “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbati davomida jaholatga qarshi kurashda maʼrifatning o‘rni va ahamiyati, taʼlim va tarbiyaning jamiyatdagi taʼsiri kabi […]

Read More

Akademik litsey bitiruvchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi

2024-yil 23-dekabr kuni Respublika bilim va malakalarni baholash agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i va mutaxassislari ishtirokida akademik litsey bitiruvchi o‘quvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida bitiruvchilarga ta’lim tizimidagi yangiliklar, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bo‘yicha muhim ma’lumotlar, shuningdek, bilim va malakalarni baholash jarayonlari haqida batafsil tushuntirish berildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassislardan […]

Read More

Bayram tabriklari samimiyligini baham ko‘ramiz!

Hurmatli o‘quvchilar! Bugun bizning akademik litseyimizda yoshlar tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bayram tabriklari qutisi” nihoyat ochildi! Ushbu qutidan chiqqan har bir tabriknoma o‘z egasiga yetkazildi va bu har birimiz uchun iliq tuyg‘ular ulashdi. Qadrli o‘quvchilar, bu go‘zal tashabbus va samimiy so‘zlaringiz uchun barcha ustozlar nomidan sizlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Sizlarning mehringiz va ehtiromingiz biz uchun […]

Read More

Akademik litsey o‘quvchilarining ingliz tili bo‘yicha yutuqlari

Akademik litseyning bilimli va tashabbuskor o‘quvchilari ingliz tili fani bo‘yicha milliy sertifikatni muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdilar! Ushbu yutuq ular mehnatkashligi, o‘qituvchilarning professional yondashuvi va ota-onalarning doimiy qo‘llab-quvvatlashlari natijasidir. Bu muhim qadam o‘quvchilarning kelgusidagi ta’lim va kasbiy yo‘nalishlarida muvaffaqiyatga erishishlarida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Read More