Inson aziz, hotira muqaddas!
1998 yil Farg‘ona Davlat universiteti qoshidagi akademik litsey(hozirgi TATU Farg‘ona filiali akademik litseyi)ning tashkil topishida ulkan hissa qo‘shgan, 1998 yildan, 2012 yilgacha akademik litsey direktori lavozimida ishlagan, fizika fanlar doktori professor Muhammadjon ustoz Karimovni hotirlaymiz. Ustoz akademik litseydagi uzoq yillar fidokorona mehnatlari bilan har bir ustozning, har bir o‘quvchining qalbida, xotirasida mangu yashaydilar. Joylari jannatda bo‘lsin! Ustoz siz hamisha yodimizdasiz……