Litseyimga_kitob_sovg‘a

Akademik litseyning 1-22 va 6-22 guruh o‘quvchilari tomonidan axborot kutubxona markaziga o‘quvchilar uchun eng foydali bo‘lgan kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi. Albatta bu sovg‘alar kelgusida litsey kitobsevar o‘quvchilari tomonidan foydalaniladi.
Qadrli o‘quvchilarimiz sovg‘alar uchun litsey jamoasi, ustozlar va o‘quvchilar nomidan minnatdorchilik bildirib qolamiz.