Axmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot kutubxonasida “Yoshlar oyligi” doirasida Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona shahar bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona shahar kengashi tomonidan yoshlarda erkin fikrlash qobiliyatini uyg‘otish, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, turli xil axborotlarga nisbatan tahliliy va asoslantiruvchi yondashuvni shakllantirish maqsadida Farg‘ona shahridagi 3 ta ta’lim muassasalari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona fililali akademik litseyining “Financiars” jamoasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining “Istiqlol farzandlari” jamoasi, Farg‘ona davlat universitetining “Debyutant” jamoalari qatnashib, bugungi kunda yoshlar o‘rasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha qizg‘in debatlarni olib bordilar.
Ushbu ma’naviy tadbirda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona fililali akademik litseyining “Financiars” jamoasi, 3-o‘rinni egalladi.
Munozora turniri ishtirokchilarda katta ta’surot qoldirdi.