2021-yil 11-iyun kuni Axmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot kutubxonasida “Yoshlar oyligi” doirasida tadbir o’tkazildi

Axmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot  kutubxonasida “Yoshlar oyligi” doirasida    Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona shahar bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi  Farg‘ona shahar kengashi tomonidan yoshlarda erkin fikrlash qobiliyatini uyg‘otish, ularda faol  fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, turli xil axborotlarga nisbatan tahliliy va asoslantiruvchi yondashuvni shakllantirish maqsadida Farg‘ona  shahridagi 3 ta ta’lim muassasalari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona fililali akademik litseyining “Financiars” jamoasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining “Istiqlol farzandlari” jamoasi, Farg‘ona davlat universitetining “Debyutant” jamoalari qatnashib, bugungi kunda yoshlar o‘rasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha qizg‘in debatlarni olib bordilar.

         Ushbu ma’naviy tadbirda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona fililali akademik litseyining “Financiars” jamoasi, 3-o‘rinni egalladi.

Munozora turniri ishtirokchilarda katta ta’surot qoldirdi.