2024-yil 20-dekabr kuni akademik litseyning 9-24 guruh o‘quvchilari ota-onalari uchun yig‘ilish tashkil etildi. Tadbir davomida faol va bilimli o‘quvchilar ota-onalariga maxsus tashakkurnomalar taqdim etildi.
Yig‘ilishda guruh rahbari va fan o‘qituvchilari har bir o‘quvchining bilim darajasi va tarbiyaviy ahvoli bo‘yicha batafsil tahlillarni taqdim etishdi. Ota-onalar o‘z farzandlarining yutuqlari va kamchiliklari haqida fikr-mulohazalar oldilar va kelgusida ularni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.