📅 2025-yil 7-may kuni akademik litseyda o‘quvchi-yoshlar ishtirokida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
💬 Tadbir davomida davra suhbati tashkil etilib, Ikkinchi jahon urushi qahramonlari, ularning jasorati, mehnat faxriylarining fidoyiligi haqida samimiy fikrlar bildirildi. O‘quvchilar vatanparvarlik, tinchlik va qadriyatlarning bebaho ekanini chuqur angladilar.
🎬 Shuningdek, tadbir doirasida “101” nomli o‘zbek badiiy filmi namoyish etildi. Film tomoshabinlarda Vatanga muhabbat, tarixga hurmat va tinchlikni asrash zarurligi borasida chuqur taassurot qoldirdi.
🕊 Bunday tadbirlar yoshlar qalbida milliy g‘urur, tarixiy xotira va ma’naviy boyliklarni mustahkamlashga xizmat qiladi.