26-yanvar kuni Muhammad al_Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari Universiteti Farg’ona filiali akademik litseyida 🏆“Zakovat” intellektual o’yinining yangi fasliga start berildi
Birinchi bosqichda (1-23, 2-23, 3-23 (texnik) guruhlari o’zaro bellashdilar. O’yin judayam qiziqarli va hayajonli daqiqalarga boy bo’ldi. Bu galgi o’yinimizda 11 ta savoldan 9 tasiga to’g’ri javob topib, 3-23 guruhi o’yinning mutloq g’olibiga aylanishdi 🥇
G’olib jamoani tabriklaymiz
Qolgan ishtirokchilarga kelgusi o’yinlarda omad tilab qolamiz.
Chiroyli o’yin uchun “Zakovatli yoshlar” to’garagimiz rahbari Mohlarbegim ustozimizga alohida tashakkur bildiramiz