TATU Fargona filiali akademik litseyida seysmik bosqich bo’yicha davra suhbati o’tkazildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17 apreldagi PQ-161-son Qarorining 3-ilovasi 3.2-bandiga asosan Fargʼona viloyatidagi taʼlim tashkilotlarida seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida faoliyat yurituvchi ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari va malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda 2024-2026 yillarga moʼljallangan davra suhbatlari tashkil etish reja-grafigiga asosan 2024 yil 13-sentyabr  kunida TATU Farg‘ona filiali  akademik litseyida Farg’ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi profilaktika va nazorat bo’linmasi inspektori katta leytenant Sardor Abbozov va akademik litsey ChQBT rahbari B. Niyazov ishtirokida tadbir tashkil etildi.