Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktyabr ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbdan tabriklayman!

Ustoz deganda, har qaysi inson ko’nglida chuqur hurmat – ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg’ulari, hech qanday boylik bilan o’lchab bo’lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo’ladi. Buyuklar, avvalo, unga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo’l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo’lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan cheksiz ehtirom tuyg’usi bilan yashaydi.

Zero, har qaysi inson murabbiy va ustozdan ta’lim oladi, tarbiya topadi. Bugun biz biron kasbni egallab, Vatan va el koriga yarayotgan ekanmiz, avvalo, ulardan minnatdor bo‘lmog‘imiz kerak.

Barchangizga ushbu sharafli yo‘lda olib borayotgan faoliyatingizda va shaxsiy hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilayman.

Bayramingiz muborak bo’lsin!

Hurmat ila, TATU Farg’ona filiali direktori
Muxtarov Farrux Muhammadovich