Bugun, 2024-yil 19-noyabr kuni akademik litseyning matematika fani o‘qituvchisi Dostonova Nodira tomonidan 3.23-guruh o‘quvchilari bilan “Trigonometriyaning boshlang‘ich tushunchalari” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur darsda trigonometriyaning asosiy tushunchalari, sinus, kosinus, tangens va kotangens kabi funksiyalar haqida batafsil tushuntirildi. O‘quvchilar mavzuga doir nazariy bilimlarni amaliy topshiriqlar yordamida mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Darsda o‘quvchilarning faolligini oshirish maqsadida guruhiy ishlar, interaktiv savol-javoblar va innovatsion ta’lim usullari qo‘llanildi. Tadbir davomida o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha qiziqishlari va bilimlari yuqori darajada ekanligi namoyon bo‘ldi.
Ochiq dars so‘ngida ishtirokchilar mavzuni chuqur o‘rganishda bunday mashg‘ulotlarning muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar. Ustoz Nodiraning metodik yondashuvi va o‘quvchilarning faol ishtiroki dars samaradorligini yanada oshirdi.