“Ko‘chat ekdik, bog‘ yaratdik!” shiori ostida akademik litsey hududida navbatdagi ekologik aksiyaga start berildi. Bugungi tadbirda litsey ishchi xodimlari va bir guruh ixtiyoriy yoshlar faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida litsey hududiga ko‘plab terak ko‘chatlari ekildi.
Mazkur aksiyaning maqsadi nafaqat hududni ko‘kalamzorlashtirish, balki atrof-muhitni himoya qilish va yashil makonlarni kengaytirish orqali tabiatga bo‘lgan e’tibor va hurmatni oshirishdan iborat.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarining jamoaviy mehnatidan zavq olib, ko‘chat ekishning nafaqat foydali, balki ruhiyatni ko‘taruvchi jarayon ekanligini ta’kidladilar. “Yashil makon” tashabbusi doirasida tashkil etilgan bu kabi tadbirlar yoshlarni ekologik ongli bo‘lishga va tabiatni asrab-avaylashga chorlaydi.
Yashil kelajak uchun birgalikda qadam tashlaylik!