Bugun akademik litsey birinchi bosqich o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan ZAKOVAT intellektual o‘yinining final bosqichi yuksak ruhda va qizg‘in bahslarga boy tarzda o‘tdi. Ushbu muhim tanlovda eng zukko va bilimli o‘quvchilar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.
O‘yin natijalariga ko‘ra, 3-24-guruh o‘quvchilari o‘zlarining bilimdonlik va tezkorlik bilan ajralib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Ularning jamoaviy ishi, mustahkam tayyorgarliklari va bir-biriga bo‘lgan ishonchi mazkur natijaga erishishda asosiy omil bo‘ldi.
Tadbir davomida o‘quvchilar nafaqat bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi, balki yangi do‘stlar orttirishdi va bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdi. Bu kabi tadbirlar yoshlarimizni jamoaviy ishlash va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi.
G‘oliblarni tabriklaymiz va ularga kelgusi tanlovlarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!