“Aqlli kitobxon” tadbiri – yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan

28.11.2024 kuni akademik litsey o‘quvchilari turar joyida yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Aqlli kitobxon” tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir litsey axborot-kutubxona markazi xodimlari tashabbusi bilan o‘tkazilib, o‘quvchilarni ilm-fan va adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan.

Tadbir davomida o‘quvchilar kitob o‘qishning ahamiyati va foydalari haqida suhbatlashishdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda qiziqarli muhokamalarda ishtirok etishdi. Faol ishtirok etgan o‘quvchilar maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bunday tadbirlar o‘quvchi yoshlarni intellektual rivojlantirish va ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga zamin yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirni muvaffaqiyatli tashkil etgan barcha xodimlarga va ishtirokchilarga minnatdorlik bildiramiz!