Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” ko‘rgazmali tadbiri

Akademik litseyda Prezidentimizning 2024-yil PQ-175-sonli qarori 2-ilovasining 16-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida ✅ 3-dekabr 2024-yil kuni “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida ko‘rgazmali tadbir tashkil etildi.

Tadbir litsey yoshlar bilan ishlash bo‘limi va psixologlari tomonidan tashkillashtirilib, unda o‘quvchilar zo‘ravonlikning salbiy oqibatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shu bilan birga, zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari ham o‘tkazildi.

Mazkur tadbir yoshlarda insonparvarlik va bir-biriga mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi. Zo‘ravonliksiz kelajak sari birgalikda harakat qilaylik!