Bugun, 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan TATU FF akademik litseyi tomonidan “Mehrli yuraklar” loyihasi tashkillashtirildi. Ushbu loyiha jamiyatimizda insonparvarlik va teng huquqlilik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan.
📌 Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekistonda ushbu kunni nishonlashning asosiy maqsadi butun dunyo miqyosidagi dasturlar va loyihalarda nogironlarning boshqa nogiron bo‘lmagan shaxslar bilan teng huquqlilik asosida ishtirokini ta’minlashdir. Nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishi, qadr-qimmati himoyalanishi va barcha uchun ochiq, do‘stona jamiyat barpo etish ushbu kunning bosh maqsadlaridan biridir.
Keling, barchamiz mehr va e’tibor bilan nogironlikka duch kelgan insonlarga ko‘mak ko‘rsatish va ular uchun teng imkoniyatlar yaratish yo‘lida birlashaylik!