3-dekabr 2024-yil kuni akademik litsey o‘quvchilari turar joyida yashovchi yoshlar o‘rtasida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida volleybol bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.
Ushbu tadbir jismoniy tarbiya rahbari G‘. Yusupov boshchiligida o‘tkazilib, o‘quvchilar o‘z jamoalari bilan faol ishtirok etdilar. Musobaqa davomida ishtirokchilar nafaqat o‘z jismoniy tayyorgarliklarini namoyish etdilar, balki jamoaviy hamjihatlik va do‘stlik muhitida vaqt o‘tkazdilar.
Sport musobaqalari yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu musobaqalar davom etsin va yangi g‘alabalarga ilhom bersin!