📅 2025-yil 28-mart kuni, uchinchi juftlik o‘quv mashg‘uloti davomida akademik litseyning eng tajribali ustozlaridan biri, fizika fani o‘qituvchisi Xakimova Gulchehra tomonidan 3-23-guruh o‘quvchilari uchun ko‘rgazmali ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.
📘 Dars mavzusi: “Fotonlar. Ichki fotoeffekt. Fotoeffektning qo‘llanishi. Quyosh energiyasidan foydalanish.” bo‘lib, unda zamonaviy fizika tushunchalari, fotoeffekt hodisasi va uning amaliy qo‘llanilishi, ayniqsa, quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlari keng yoritildi.
🔬 Ochiq dars davomida o‘quvchilarning fizika faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mavzuni vizual va eksperimental usullar orqali chuqur o‘zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Dars interaktiv usullarda, zamonaviy o‘quv texnologiyalari yordamida o‘tkazildi.
👩🏫 Ushbu mashg‘ulot o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashga xizmat qilgan bo‘lsa, ustozning tajribasi va darsga yondashuvi yoshlar uchun katta motivatsiya manbai bo‘ldi.