Fransuz tilidan ochiq dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

🗓 2025-yil 2-aprel kuni, ikkinchi juftlik darsida akademik litseyning eng faol va tajribali ustozlaridan biri, fransuz tili fani o‘qituvchisi Xolbekova Sayyora ustoz tomonidan 6-24-guruh o‘quvchilari ishtirokida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.

📘 Dars mavzusi: “L’art de faire des achats” (Xarid qilish sanʼati) bo‘lib, unda o‘quvchilarga kundalik hayotda fransuz tilida xarid qilish jarayoni, so‘zlashuv madaniyati, lug‘at boyligi hamda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy mashqlar taqdim etildi.

🗣️ Dars interaktiv va qiziqarli muhitda o‘tkazilib, o‘quvchilar faol ishtirok etishdi, rolli o‘yinlar orqali mavzuni yanada chuqurroq o‘zlashtirishdi.

👩‍🏫 Ushbu ochiq mashg‘ulot fransuz tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar uchun katta ilhom va motivatsiya manbai bo‘ldi.