Targ‘ibot ishlari davom etmoqda

2025-yil 2-aprel kuni akademik litseyning faol ustozlari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini litseyga o‘qishga jalb qilish, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish va ma’lumot berish maqsadida Oltiariq tumanidagi bir nechta maktablarga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida litseyda mavjud shart-sharoitlar, ta’lim yo‘nalishlari, test sinovlari, o‘quv jarayoni hamda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Bitiruvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar taqdim etildi.

Ushbu targ‘ibot ishlari o‘quvchilarda litseyga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning kelajakdagi kasb tanlovi va sifatli ta’lim olishlariga yo‘l ochish maqsadida olib borilmoqda.