Sog‘lom turmush tarzi — sog‘lom jamiyat asosi

📅 Akademik litsey psixologi Elyorbek Yuldashev tomonidan litsey o‘quvchilari turar joyida yashovchi o‘quvchi yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

👥 Suhbat davomida o‘quvchilarga sog‘lom turmush tarziga amal qilish, zararli odatlardan voz kechish, shuningdek, ichki tartib-qoidalarga rioya etish zarurligi haqida atroflicha tushunchalar berildi.

🔍 Psixologik jihatdan foydali bo‘lgan bu uchrashuv yoshlarning ongida salbiy illatlarga qarshi immunitet hosil qilish, o‘zini qadrlash, sog‘lom hayot tarziga intilish va ijtimoiy mas’uliyatni anglashlariga xizmat qildi.