🗓 2025-yil 3-aprel kuni akademik litseyning faol ustozlari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini litseyga o‘qishga jalb qilish, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish va litsey hayoti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Qo‘shtepa va Toshloq tumanlaridagi bir nechta maktablarga tashrif buyurildi.
👩🏫 Tashrif davomida o‘quvchilarga akademik litseyda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayoni, test sinovlari va yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🎯 Uchrashuvlar ochiq muloqot tarzida o‘tib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Ustozlar tomonidan o‘z maqsadi sari intilayotgan har bir yosh uchun litseyda katta imkoniyatlar eshigi ochiqligi alohida ta’kidlandi.
🛤 Ushbu targ‘ibot ishlari o‘quvchilarni ongli kasb tanlashga yo‘naltirish, sifatli ta’lim olishga bo‘lgan intilishni kuchaytirish va kelajak avlodga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish maqsadida tashkil etildi.