2025-yil 4-aprel kuni Farg‘ona akademik litseyning tarix fani o‘qituvchisi Salaydinov Maʼrufjon ustoz boshchiligida 5-24-guruh o‘quvchilari uchun Farg‘ona viloyati O‘lkashunoslik muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar viloyatning boy tarixiy merosi, qadimiy yodgorliklar, milliy urf-odatlar hamda madaniyatiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Muzey xodimlari tomonidan berilgan qiziqarli maʼlumotlar o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi va tarix faniga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Ushbu sayohat o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish hamda madaniy merosimizga bo‘lgan hurmatni shakllantirishga xizmat qildi.