O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” 2024-yil 27-dekabrdagi PQ-462-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, 2025-yil 4-aprel kuni Farg‘ona akademik litseyi 7-24-guruh o‘quvchilari tomonidan “Behbudiy asarlarini o‘rganamiz” shiori ostida kichik maʼnaviy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, ma’rifiy va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning asarlaridagi ilg‘or g‘oyalar haqida taqdimotlar qilishdi. Asarlaridan parchalar o‘qildi, qiziqarli bahs-munozaralar tashkil etildi.