“Al-Xorazmiy izdoshlari” nomli matematik bellashuv

Akademik litseyda “Matematika fan oyligi” doirasida matematika fani o‘qituvchisi 👩‍🏫 Nodiraxon Dostonova tomonidan aniq fanlar texnika yo‘nalishi va aniq fanlar iqtisod yo‘nalishi o‘quvchilari o‘rtasida “Al-Xorazmiy izdoshlari” nomli qiziqarli va bilimlarga boy matematik bellashuv tashkil etildi.

Bellashuvda o‘quvchilar mantiqiy fikrlash, tezkorlik va jamoaviy hamkorlik qobiliyatlarini namoyon etdilar.

🔢 G‘olib jamoalar quyidagicha:
🥇 1-o‘rin: 2-23-guruh
🥈 2-o‘rin: 5-23-guruh
🥉 3-o‘rin: 3-23-guruh

Tadbir o‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, raqobatbardosh fikrlash va ilmga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.