Litsey o‘quvchilari va rahbariyat o‘rtasida ochiq muloqot

Akademik litseyda Farg‘ona Davlat Texnika Universiteti o‘quv-uslubiy bo‘limi bosh mutaxassisi Abbosxon Qodirov hamda litsey direktori Ilhomjon Komilovich Mamajonov ishtirokida o‘quvchi yoshlar bilan ochiq va samimiy suhbat tashkil etildi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini rahbarlarga bildirishdi. Shuningdek, kelajak rejalari, kasb tanlovi va oliy taʼlim muassasalariga kirish bo‘yicha fikr almashildi.

Mazkur muloqot o‘quvchi-yoshlarning faolligini oshirish, ularning fikrlarini eshitish va rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.