Litseyda o‘qish targ‘iboti bo‘yicha maktablarga tashrif

2025-yil 8-aprel kuni Akademik litseyning faol ustozlari tomonidan Qo‘shtepa tumanidagi 10-umumiy o‘rta taʼlim maktabiga tashrif uyushtirildi.

Ushbu tashrifdan maqsad — 9-sinf bitiruvchilarini Akademik litseyda tahsil olishga targ‘ib qilish, litseydagi yo‘nalishlar, o‘quv jarayoni va yaratilgan sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berishdan iborat bo‘ldi.

Ustozlar bitiruvchilarga litseyda o‘qish imkoniyatlari, kasbga yo‘naltirish, chuqurlashtirilgan taʼlim tizimi haqida tushunchalar berdilar va ularni kelajakda faol, bilimli, yetuk kadrlar bo‘lib yetishishga undadilar.