“Amir Temur — hurlik quyoshi” mavzusida badiiy-maʼnaviy tadbir

2025-yil 9-aprel kuni FarDTU 2-son akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan “Amir Temur — hurliк quyoshi” mavzusida badiiy-maʼnaviy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirni litseyning 4-24-guruh rahbari Zokirjon To‘xtayev boshchiligidagi o‘quvchilar yuksak saviyada tashkil etdilar. Tadbir davomida tarixiy sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar, sahnaviy kompozitsiyalar orqali Amir Temurning jasorati, adolatparvarligi va ulkan merosi keng yoritildi.

Tadbir ishtirokchilarda milliy faxr, tarixga hurmat, vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.