Bugun akademik litseyimizning “O‘quvchilar turar joyi” hududida unumdor yerlarida turli xil poliz ekinlarining ko‘chatlari mehr bilan qadaldı.
O‘quvchilar va ustozlar birgalikda olib borgan ushbu tadbirda pomidor, bodring, qalampir kabi poliz ekinlarining ko‘chatlari diqqat bilan yerga ekildi. Ushbu tadbir nafaqat o‘quvchilarga tabiatga mehr, yerga hurmat tuyg‘ularini aşırishga xizmat qilgan, balki ular ekologik tarbiya olishda ham katta ahamiyat kasb etdi.
O‘z mavsumida bu mahsulotlarning g‘arq pishib, barchani mamnun etishiga ishonamiz. Bunday tadbirlar o‘quvchilarda jismoniy faollikni oshirish, samarali mehnat qilish va o‘z qo‘llari bilan hosil yetishtirishning zavqini his qilishga yordam beradi.