Farg‘ona davlat texnika universitetining 2-son akademik litseyida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni yot g‘oyalardan asrash, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda 100 nafar o‘quvchilar faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida globallashuv davrida yoshlar ongini turli buzg‘unchi g‘oyalardan himoya qilish, axborot xurujlariga qarshi ma’rifat vositasida kurashish, ijtimoiy faollikni kuchaytirish masalalari keng muhokama qilindi.
Ishtirokchilar ma’rifat orqali jaholatni yengish, sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishda ta’lim-tarbiyaning o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlab, bunday uchrashuvlarning yoshlar hayotidagi ahamiyatini alohida e’tirof etdilar.