Akademik litseyda tahsil olayotgan o‘quvchilarda sog‘lom tafakkur va mustahkam hayotiy pozitsiyani shakllantirish, shuningdek Vatanga sadoqat, o‘zaro hurmat, yuksak mas’uliyat, bag‘rikenglik, kitobxonlik, media madaniyat va yot g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni kuchaytirish maqsadida muhim tarbiyaviy ishlar olib borilmoqda.
Shu maqsadda litseyning huquqshunoslik fani o‘qituvchisi Yuldasheva Dilfuza tomonidan “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga odam savdosining mohiyati, uning xavflari, oldini olish choralariga doir muhim huquqiy ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar mavzuga oid savollariga javob oldilar, hayotiy misollar orqali ogohlik va huquqiy ong muhimligi yana bir bor ta’kidlandi.