Sinov testlari – o‘quvchilarga imkoniyat yaratish

2025-yil 19-aprel kuni akademik litseyimizda 9-sinf o‘quvchilari uchun sinov testlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu testlar har shanba kuni soat 14:00 da o‘tkaziladi.

Testlarda qatnashish mutlaqo bepul bo‘lib, akademik litseyga topshiruvchi 9-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Testlar o‘quvchilarga ilmiy salohiyatlarini baholash, tayyorgarlik darajasini tekshirish va keyingi o‘quv jarayoniga tayyorlanishga yordam beradi. Bundan tashqari, testda IQ testlari ham mavjud bo‘lib, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash va analitik salohiyatlarini sinovdan o‘tkazadi.

Bunday testlar o‘quvchilarga ilmiy tajriba orttirish, o‘z kuchlarini sinab ko‘rish va keyingi qadamlarini rejalashtirish uchun katta imkoniyat yaratadi.