9-sinf bitiruvchilari uchun litseyga qabul bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

2025 yil 24-aprel kuni akademik litseyning faol ustozlari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini litseyga o‘qishga jalb qilish maqsadida Farg‘ona tumanidagi (Vodil) bir nechta maktablarga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida ustozlar maktab bitiruvchilari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, akademik litseyning ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv dasturlari va erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etdilar. Tadbirlar davomida litseyda o‘qishning afzalliklari, yuqori sifatli ta’lim olish imkoniyatlari va kelajakdagi oliy ta’limga tayyorgarlik borasidagi ustunliklar alohida ta’kidlandi.

Targ‘ibot tadbirlari juda ko‘tarinki ruhda, iliq va samimiy muhitda o‘tdi. Bitiruvchi o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘ondi, ko‘plab savollar berilib, ustozlar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Ustozlarning tashabbusi bilan tashkil etilgan bu tashriflar bitiruvchilar uchun yo‘l tanlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, litseyga bo‘lgan qiziqishni sezilarli darajada oshirdi.