“Buyuk Britaniyaning Uorvik universitetida ta’lim olish imkoniyatlari” mavzusida onlayn vebinar bo‘lib o‘tdi

2025 yil 28-aprel kuni soat 10:30 da “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ta’lim muassasalari talabalari, o‘quvchilari, professor-o‘qituvchilari hamda ilmiy izlanuvchilari uchun “Buyuk Britaniyaning Uorvik universitetida ta’lim olish imkoniyatlari” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi. Mazkur vebinar Zoom platformasi orqali o‘tkazildi.

Ushbu vebinarda Farg‘ona Davlat Texnika universiteti huzuridagi 2-son akademik litsey o‘quvchilari va o‘qituvchi pedagoglari ham faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida Uorvik universitetining ta’lim tizimi, qabul jarayonlari, grant imkoniyatlari, talabalar hayoti hamda ilmiy izlanishlarga bo‘lgan e’tibor haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Vebinar ishtirokchilari Buyuk Britaniyada ta’lim olishning afzalliklari, xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan Uorvik universiteti haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javoblar olishdi.