“Nature. Save the Environment. Review” — ochiq dars bo‘lib o‘tdi.

Akademik litseyda ingliz tili fani o‘qituvchisi Nigora Muydinova tomonidan 8-24 guruhida “Nature. Save the Environment. Review” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarga atrof-muhitni asrash, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, ekologik muammolar va ularning yechimlari haqida ingliz tilida fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratildi. Mashg‘ulot davomida interaktiv usullar, guruhli ishlash, savol-javoblar va ingliz tilidagi video materiallardan foydalanildi.

O‘quvchilar ekologiya, tabiat muhofazasi, ifloslanish va uning oldini olish haqida o‘z fikrlarini erkin bayon qilishdi, mavzuga oid yangi so‘z va iboralarni mustahkamlashdi. Dars yakunida esa kichik viktorina orqali o‘rganilgan bilimlar mustahkamlandi.