Vodorod atomi uchun Bor nazariyasi mavzusida ochiq dars

📚 2025-yil 2-may kuni, akademik litseyda fizika fanidan navbatdagi ochiq dars bo‘lib o‘tdi. Darsni tajribali va faol ustozlardan biri – Isroiljon Usmonov olib bordi. Ustoz tomonidan “Vodorod atomi uchun Bor nazariyasi. Energetik sathlar va Bor nazariyasining kamchiliklari” mavzusida 1-23(2) guruhida chuqurlashtirilgan va interaktiv ochiq dars tashkil etildi.

🔬 Dars davomida Bor nazariyasining asosiy postulatlari, vodorod atomining energetik sathlari, spektral chiziqlarning paydo bo‘lish sabablari hamda nazariyaning zamonaviy fizikadagi o‘rni haqida batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek, Bor nazariyasining cheklangan jihatlari va kvant mexanikasiga o‘tish zaruriyati ham o‘quvchilar bilan muhokama qilindi.