Bahoriy shirinliklar yarmarkasi – yaxshilik va mehr uyg‘unligi

Bugun akademik litseyda Xorijiy tillar kafedrasi fan oyligi doirasida o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish va mehr-oqibat ruhini mustahkamlash maqsadida “Bahoriy shirinliklar yarmarkasi” tashkil etildi.

🍰 Yarmarkada o‘quvchilar o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan turli xil shirinliklarni sotuvga qo‘yib, mehmonlar va ustozlarga bahoriy kayfiyat ulashdilar. Tadbir davomida o‘quvchilar nafaqat pazandalik mahoratini namoyish etdilar, balki jamoaviy ishni, muloqotni va saxovatni ham chuqur his qilishdi.

📖 Eng quvonarlisi, yarmarkadan tushgan mablag‘lar akademik litsey kutubxonasiga yangi kitoblar sovg‘a qilish uchun sarflanishi rejalashtirilgan. Bu esa tadbirga yanada yuksak ma’naviy ahamiyat bag‘ishladi.

✨ Bunday xayrli tashabbuslar yoshlarda nafaqat bilim, balki mehr-shafqat va jamiyatga foyda keltirish tuyg‘ularini ham shakllantiradi.