9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan akademik litsey jamoasi tomonidan ezgu tashabbusga qo‘l urildi.
📍 Litseyda uzoq yillar davomida mehnat qilib, hozirda nafaqada bo‘lgan ustozlar holidan xabar olindi. Akademik litsey jamoasi ularning xonadonlariga tashrif buyurib, samimiy suhbatlar qurdi, ustozlik mehnatlari, fidoyiliklari va yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos xizmatlarini hurmat bilan yodga oldi.
🌸 Ushbu tashriflar nafaqat ustozlarga ehtirom ifodasi, balki yosh avlodga ham ibrat bo‘ldi. Mehr-oqibat, ustozga hurmat va tarixiy xotirani qadrlash bugungi yoshlarning qalbida yanada mustahkam o‘rnashmoqda.
🙏 Akademik litsey rahbariyati va jamoasi barcha faxriy ustozlarga sog‘lik, uzoq umr va bardavom hurmat tilaydi.