📅 2025-yil 12-may kuni akademik litseyda “Kitobxon o‘quvchi” loyihasi doirasida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Parpiyeva Hadiyja ustoz tashabbusi bilan navbatdagi adabiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida o‘quvchi yoshlarga atoqli yozuvchi Said Ahmadning “Ufq” romani tavsiya etilib, asarning mazmun-mohiyati, undagi ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar, obrazlar olami va milliy qadriyatlar aks etgan jihatlar haqida qiziqarli suhbat olib borildi.
👥 O‘quvchilar asar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, savollarga javob berishdi va adabiyotni sevish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.